» » Sandra Bullok “Xarvi” to‘fonidan jabr chekkanlar uchun 1 million dollar xayriya qiladi

Sandra Bullok “Xarvi” to‘fonidan jabr chekkanlar uchun 1 million dollar xayriya qiladi


Gollivudning mashhur aktrisalaridan biri Sandra Bullok xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga bir million dollar xayriya qilishga va’da berdi. Aktrisa ushbu harakati bilan “Xarvi” to‘fonidan Texasda jabr ko‘rganlar uchun yordam ko‘rsatish niyati. Bu haqda Fox News’ga tayanib, “Forum Daily” xabar berdi.

“Oskar” mukofotiga loyiq deya topilgan Sandra Bullok 2001-yildan beri turli tabiiy ofatlardan jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Qizil Xochga 5 million dollar xayriya qilgan.

“Bu ajoyib sovg‘a. Biz juda ham minnatdormiz. Aql bovar qilmas yordamlarni qabul qiladigan vaqt ham keldi. Ayniqsa, ofat payti odamlar Texasda nimalar sodir bo‘layotganini ko‘rmoqda va biz ular bilan birgamiz”, — dedi Qizil Xoch shtab-kvartirasining aloqa bo‘yicha vitse-prezidenti Elizabet Penniman.

Sandra Bullok 2005-yilda “Katrina” to‘fonidan so‘ng Qizil Xochga xayriya qilgan million dollaridan tashqari maktabni qayta tiklash uchun 25 ming dollar taqdim etgan. Shuningdek, u 2011-yilda Yaponiyada zilzila va sunami oqibatlarini bartaraf etishga ham million dollar xayriya qilgan.

Mavuzga doir: Leonardo di Kaprio “Xarvi” to‘fonidan jabrlanganlarga ko‘mak berish jamg‘armasiga 1 mln dollar xayriya qildi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-08-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют