» » O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng qudratli qurolli kuchlari reytingida 48-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng qudratli qurolli kuchlari reytingida 48-o‘rinni egalladi


O‘zbekiston Qurolli kuchlari “Globalfirepower.com” saytida e’lon qilingan dunyoning eng qudratli qurolli kuchlari reytingida 48-o‘rinni egalladi. Reytingga dunyoning 133 davlati kirdi.

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida Rossiya (2-o‘rin) va Ukraina (30-o‘rin)dan keyingi 3-o‘rinni egalladi.

Ushbu reytingda O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘ldi. Qozog‘iston armiyasi reytingda 55-o‘rin, Afg‘oniston — 69, Turkmaniston — 86, Qirg‘iziston — 108, Tojikiston —112-o‘rinda joylashdi.

Reytingni tuzishda 50 ga yaqin turli omillar, jumladan qo‘shinlar soni, quruqlik, havo va dengizda jangovar harakatlar olib borish uchun mo‘ljallangan harbiy texnika miqdori hisobga olindi. Shu bilan birga, mamlakatlar qurol-yarog‘ga sarflashi mumkin bo‘lgan iqtisodiy manbalar va reyting ishtirokchilarining geografik joylashuvi hisobga olindi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-08-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют