» » Kayfiyatni ko‘taruvchi va depressiya bilan kurashishga yordam beruvchi 3 oziq-ovqat mahsuloti

Kayfiyatni ko‘taruvchi va depressiya bilan kurashishga yordam beruvchi 3 oziq-ovqat mahsuloti


Ko‘pchilik og‘ir ish kunidan keyin stressni shirinliklar bilan bosmoqchi bo‘ladi, lekin ularning katta miqdori zararli. Bundan tashqari bu depressiya yoki xavotirlik holatlarida yordam bermaydi. Lekin olimlar ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini va yomon kayfiyat bilan kurashishda yordam berishini aniqladi.

Butundonli mahsulotlar tarkibida ko‘plab triptofanlar — serotonin va melatonin gormonlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan aminokislotalar mavjud. Serotonin kayfiyatni yaxshilaydi va sokinlashtiradi, melatonin esa uyqu davrini tartibga solib turadi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, tarkibida butundonlilar ko‘p bo‘lgan oziq-ovqatlar, shuningdek mevalar va sabzavotlar bilan qilingan parhez kayfiyatning tez-tez o‘zgarib turish holatlarini, xavotirlik va depressiyani kamaytirishga yordam berishi aniqlandi.

Xavotirni his qilish ko‘pincha qondagi shakar miqdorining kamayishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Lekin bu shirinlik yeyish kerak degani emas. Yaxshisi shakar qo‘shilmagan sut mahsulotlarini, masalan shakarsiz yogurtni tanlagan ma’qul. Uning tarkibida shakar miqdorini tartibga keltirishga yordam beruvchi oqsil va uglevodlar miqdorining o‘zaro nisbati to‘g‘ri tashkil topgan.

Achchiq shokolad — ajoyib tabiiy antidepressant hisoblanadi. Uning tarkibida keyinchalik dofamin neyromediatoriga aylanuvchi tirozin aminokislotasi mavjud. Ma’lumki dofamin miyadagi xursandchilik markazlarini rivojlantirishga yordam bergani uchun u bizning hissiy holatimiz bilan uzviy ravishda bog‘langan.

Shokolad tarkibidagi kakao kayfiyatni ko‘tarishga yordam beruvchi serotonin ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, achchiq shokolad kortizol miqdorini pasaytiradi, bu esa o‘z navbatida stress va depressiyaning yo‘qolishiga olib keladi.

Manba: “Zdorovie.com”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-08-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют