» » “Xavfsiz shahar” loyihasi 2023-yilgacha butun O‘zbekistonni qamrab oladi

“Xavfsiz shahar” loyihasi 2023-yilgacha butun O‘zbekistonni qamrab oladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini bosqichma-bosqich yaratish Dasturi tasdiqlandi. Loyiha amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi komissiya tuzildi va uni bosh vazir Abdulla Aripov boshqardi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

“Xavfsiz shahar” kompleksi ichki ishlar, davlat organlari va ularning muassasalari axborot, videokuzatuv, qonun buzilish holatlarni qayd etish, qo‘riqlash obyektlari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga chora ko‘rish va ogohlantirish, tahliliy “aqlli datchik”lar tizimlari, shuningdek, qonun buzilishlarining oldini olishga qaratilgan boshqa axborot tizimlari, navbatchi-dispetcherlik markazlari va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini integratsiya qilishga qaratilgan.

Bu vazifalar bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining nomi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markaziga o‘zgartirilgan Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi shug‘ullanadi. Vazirlikda “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish bo‘yicha loyihani o‘z vaqtida va keng miqyosida, sifatli amalga oshirishga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy qilinadi.

“Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish va rivojlantirish konsepsiyasi 1-oktabrgacha tasdiqlanishi lozim. Loyihaning birinchi, tajribaviy bosqichi 2017—2019-yillarga mo‘ljallangan va Toshkent shahrida ishga tushiriladi.

Ikkinchi bosqichda (2019—2021-yillar) “Xavfsiz shahar” viloyat markazlari va yirik shaharlarda joriy etiladi. Uchinchi bosqichda (2021—2023-yillar) kompleks butun mamlakatni qamrab oladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-08-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют