» » Milliy matbuot markazida energetik resurslar hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Milliy matbuot markazida energetik resurslar hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi


Milliy matbuot markazida energetik resurslar (gaz, elektr va suv) hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirish, sohada mavjud muammolarni bartaraf etishning samarali mexanizmini yaratish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.

“O‘zstandart” agentligi tomonidan tashkil etgan tadbirda energetik resurslarni hisobga olish uskunalarini qiyoslash bo‘yicha xizmatlarni takomillashtirish, xususan, tabiiy gaz va maishiy elektr hisoblagichlarni yechib olish, qiyoslashdan o‘tkazish va ularni qayta o‘rnatish ishlarini tizimli ravishda olib borish, bu jarayonda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

“O‘zstandart” agentligi bosh direktori Abduhamid Karimov va boshqalar O‘zbekistonda aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizm va samarali usullarini joriy etish Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylanayotganini ta’kidladi.

O‘zbekistonda aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 30 dan ortiq maishiy o‘lchov vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish shoxobchasi faoliyat yuritmoqda. Buning natijasida aholi ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflamasdan o‘zlari uchun qulay hududlardagi shoxobchalarga murojaat etish imkoniga ega bo‘ldi. Shunga qaramasdan, ayrim tumanlarda suv, gaz va elektr hisoblagichlarni davlat qiyoslashidan o‘tkazishda ko‘pgina muammolar ko‘zga tashlanmoqda.

“O‘zstandart” agentligi tizimidagi korxonalargina maishiy hisoblagichlarni qat’iy belgilangan narxlarda davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish huquqiga ega. Poytaxtimizda gaz hisoblagichlarini qiyoslash narxi 4 ming 260 so‘m, suv hisoblagichlarini qiyoslash 5 ming 964 so‘m, bir fazali elektr hisoblagichlarini qiyoslash uchun 33 ming 800 so‘m narx belgilangan. Bu narxlarni birma bir ta’kidlashimizning boisi, qiyoslash uskunalarini tekshirishdan o‘tkazishda ayrim firibgar soha xodimlari belgilangan narxlarni sun’iy ravishda oshirib, iste’mochilar uchun muammolar tug‘dirib qo‘ymoqda. Virtual qabulxonamizga fuqarolar tomonidan mazkur masalaga doir qo‘plab ariza tushgan. Ayni paytda barcha murojaatlar o‘z yechimini topmoqda.

M.Xayrullayev, “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi direktori o‘rinbosari 

Tadbirda ishtirokchilar e’tiboriga shahar elektr ta’minotida foydalanilayotgan zamonaviy hisoblash moslamalari havola etildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-08-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют