» » Stokgolm markazida politsiyachilarga pichoq bilan hujum qilishdi

Stokgolm markazida politsiyachilarga pichoq bilan hujum qilishdi


Erkak kishi Stokgolm markazidagi Syodermalm tumanida politsiyachilarga hujum qildi. Bu haqda Aftonbladet’ga tayanib, Meduza xabar bermoqda.

Hujum shaharning asosiy maydonlaridan biri — Medboryarplatsenda sodir bo‘ldi. Erkak kishi maydonni patrullayotgan politsiyachilarga orqadan yaqinlashib ulardan birining bo‘yniga pichoq urdi. Ikkinchi politsiyachi hujumchini qo‘lga oldi. Guvohning nashrga ma’lum qilishicha, hujumni sodir etgan erkak 30 yoshlar atrofida bo‘lgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.

Jabrlangan politsiyachini shifoxonaga olib ketishdi. Hujum sodir bo‘lgan tumanda yer usti jamoat transporti harakati to‘xtatildi, “Medboryarplatsen” metro bekati yopildi, maydonning o‘zi esa o‘rab olindi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-08-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют