» » “Ijtimoiy fikr”: O‘zbekistonliklarning 96,3 foizini so‘z va fikr erkinligi kafolatlari qoniqtiradi

“Ijtimoiy fikr”: O‘zbekistonliklarning 96,3 foizini so‘z va fikr erkinligi kafolatlari qoniqtiradi


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi mutaxassislari mingdan ortiq respondent o‘rtasida o‘tkazgan galdagi so‘rov fuqarolarning mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlarga munosabati hamda ayni chog‘dagi kayfiyati bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Tadqiqot natijalari “Daryo”ga “Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan taqdim etildi.

Aytilishicha, so‘ralganlarning 96,3 foizini so‘z va fikr erkinligi kafolatlari qoniqtiradi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yillardagi natijalar bilan taqqoslansa, o‘sish 3,5 foizni tashkil etadi.

Ijtimoiy so‘rovning ko‘rsatishicha, fuqarolarning mutlaq ko‘pchiligi — 96,6 foizi davlatning tashqi siyosatini ijobiy baholaydi. Ularning e’tirof etishicha, O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘z mavqeiga, munosib nufuzga ega. Dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. Shu bilan birga, xalqaro tashkilotlarning ishida faol qatnashmoqda, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikning mustahkamlanishiga salmoqli ulush qo‘shyapti. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnik sohalarda o‘zaro maqbul aloqalarni faol rivojlantirmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-08-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют