» » Toshkentda mustaqillikning 26 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda mustaqillikning 26 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi


“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar xodimlari, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan fuqarolar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.

Saroyga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirib keldi. Davlat rahbari minbarga taklif etildi. Prezident mustaqillikning yigirma olti yilligi bilan fuqarolarni tabrikladi.

Bayram dasturi har qachongidan boshqacha bo‘ldi, deb ta’kidlanadi xabarnomada. Kuy-qo‘shiqlar she’rlar bilan uyg‘unlashib ketdi. Bolalarning chiqishlari barchaga tabassum ulashdi. Jahon mumtoz musiqalari yangradi. Tantanali marosim san’atkorlar jo‘rligidagi “Vatan azizdir” qo‘shig‘i bilan nihoyasiga yetdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-08-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют