» » iPhone 8 prezentatsiyasi 12-sentabr kuni Stiv Jobs teatrida bo‘lib o‘tadi

iPhone 8 prezentatsiyasi 12-sentabr kuni Stiv Jobs teatrida bo‘lib o‘tadi


Apple iPhone 8 smartfonining rasmiy prezentatsiyaga taklifnomalar yo‘llamoqda. Prezentatsiya 12-sentabr kuni Stiv Jobs nomidagi teatrda bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi TJournal.

Yangi prezentatsiya zali ming kishini ichiga sig‘diradi, lekin u hali qurib bitirilmagan. Apple qurilish ishlarini 12-sentabrga qadar yakunlashni rejalashtirayotgani aytilmoqda. Teatr yangi Apple Park shtab-kvartirasi yaqinida joylashgan (Kaliforniya shtati).

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, Stiv Jobs teatrida yangilangan dizaynga ega iPhone 8 ko‘rsatiladi.

iPhone 8 ning narxi AQShda 999 dollar bo‘ladi. Bu ilgarigi flagmanlardan qimmatroqdir: iPhone 7 Plus 769 dollar turardi.

Prezentatsiya chog‘ida yangi avlod Apple Watch soatlarining anonsi berilishi kutilmoqda.

Stiv Jobs nomli teatr halqa shaklida bo‘lib, deyarli to‘liq shishadan ishlangan, uning tomida esa quyosh panellari o‘rnatilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (1-09-2017, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют