» » AQSh koalitsiyasi vakillari al-Bag‘dodiyni tirik deb hisoblamoqda

AQSh koalitsiyasi vakillari al-Bag‘dodiyni tirik deb hisoblamoqda


IShID terrorchi guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy hali ham tirik bo‘lishi mumkin. Bunday taxminni jurnalistlar uchun uyushtirilgan brifingda Iroq va Suriyada AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiya o‘tkazayotgan Inherent Resolve operatsiyasi qo‘mondoni general Stiven Taunsend ilgari surdi, deb xabar beradi “TASS”.

Uning so‘zlariga qaraganda, al-Bag‘dodiy hali ham Iroq yoki Suriyada bekinib yurgani haqida taxminlar bor.

“U o‘lgan deb o‘ylamayman. O‘ylashimcha, u Iroq yoki Suriyaning biror yerida, taxminan Frot vodiysining o‘rta qismida”, — ta’kidlab o‘tdi harbiy.

Uning so‘zlariga qaraganda, vodiyning aynan tilga olgan hududi IShIDning oxirgi tayanch nuqtasidir.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-09-2017, 01:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют