» » Amerikalik mashhur basketbolchi Kim Chen Inni maqtadi va KXDRni “XXIV asr mamlakati” deb atadi

Amerikalik mashhur basketbolchi Kim Chen Inni maqtadi va KXDRni “XXIV asr mamlakati” deb atadi


Amerikalik sobiq basketbolchi Dennis Rodman KXDR yetakchisi Kim Chen Inni ushbu mamlakatni qoloq o‘lkadan “XXIV asr mamlakati”ga aylantirgani uchun maqtadi. Bu haqda u Pxenyanga uyushtirgan navbatdagi safaridan so‘ng AQShning Dujour jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.

“Kim Chen In rostanam Shimoliy Koreyani kuchli o‘zgartirmoqda, u XXIV asr mamlakatiga aylanmoqda. Yo‘qolsin eskilik, yashasin yangilik!”, — deb safar taassurotlarini ifodaladi Rodman.

Sobiq sportchi Shimoliy Koreya aholisini mehribon va mehnatsevar deb hisoblashini ta’kidlab o‘tdi:

“Ular juda ko‘p ishlaydi va eng oddiy narsalarda iftixor topa oladi. Ulardan birortasi yalqovlik nimaligini bilmasa kerak, ular ishga sho‘ng‘ib ketgan”.

Dennis Rodman tez-tez KXDRga borib turadi. U ilk bor 2013-yili “Garlem Globtrotterz”ning KXDR milliy terma jamoasi bilan uchrashuvini tomosha qilish uchun Pxenyanga tashrif buyurgan va o‘sha yerda Kim Chen In bilan tanishgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-09-2017, 01:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют