» » “G‘arb — 2017” harbiy mashg‘ulotlarining tashkilotchilari Belarusning bir qismini Veyshnoriya deb nomladi. Bu davlatga allaqachon bayroq, gerb va pasport o‘ylab topildi

“G‘arb — 2017” harbiy mashg‘ulotlarining tashkilotchilari Belarusning bir qismini Veyshnoriya deb nomladi. Bu davlatga allaqachon bayroq, gerb va pasport o‘ylab topildi


Rossiya va Belarus qurolli kuchlari sentabr oyining o‘rtasida “G‘arb — 2017” harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Mashg‘ulotlar ssenariysiga ko‘ra, rus va belarus harbiylari Belarus hududidagi vaziyatni izdan chiqarmoqchi bo‘lgan Veyshnoriya, Vesbariya va Lubeniya nomli o‘ylab topilgan g‘arb mamlakatlariga qarshi chiqadi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Lubeniya Polshaning shimoli-sharqiy qismini va Litvaning janubi-g‘arbiy qismini egallagan. Vesbariya esa Litva va Latviya hududida joylashgan. Veyshnoriya Belarusning g‘arbiy qismi bo‘ldi.

Belaruslik internet foydalanuvchilariga ularning mamlakati hududida yangi davlat “paydo bo‘lgani” yoqdi. Ular Veyshnoriyaning gerbi va bayrog‘ini o‘ylab topishni va madhiyasini yozishni boshladi.

Rossiya TIV nomidan Veyshnoriya Respublikasi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilganini ma’lum qilamiz.

Veyshnoriyada allaqachon valyuta, belgilar, pasport, prezident va TIV paydo bo‘ldi.

1 VSN = 5 USD
Faqat Veyshnoriyadagi valyuta almashish punktlarida.

Mamlakat pasportining eng yaxshi dizayniga ega bo‘ling.

Беларуси никогда не существовало это восточная часть Вейшнории

— Litvino-Ватоўкі (@LitVata) August 30, 2017

Belarus hech qachon mavjud bo‘lmagan. U — Veyshnoriyaning sharqiy qismi.

2017-yil 30-avgustda Belarusdagi operativ holat.

Xabar berilishicha, Belarus g‘arbida Veyshnoriyaning paydo bo‘lishi tasodifiy emas. Belaruslik foydalanuvchi Sergey Chaliyning yozishicha, o‘ylab topilgan davlat 1994-yildagi prezidentlik saylovlari vaqtida muxolifatchi nomzod Zenon Polzyakka faol voz berilgan hududda joylashgan. Poznyak o‘sha saylovda 12,8 foiz ovoz olgan, 1996-yilda esa Belarusdan ketgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-09-2017, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют