» » Lola Karimova-Tillayeva “O‘zbek ipagining gulgun fasli” nomli kitob taqdimotida ishtirok etdi

Lola Karimova-Tillayeva “O‘zbek ipagining gulgun fasli” nomli kitob taqdimotida ishtirok etdi


Toshkent shahrida “Ikat” uslubidagi milliy to‘quvchilik maktabining ko‘p asrlik an’analariga bag‘ishlangan “O‘zbek ipagining gulgun fasli” nomli kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Islom Karimov Fondi hamda O‘zbekistonning YuNESKOdagi Doimiy vakolatxonasi tomonidan yaratilgan ushbu kitob o‘zbek, rus, ingliz va fransuz tillarida chop etilgan. Mazkur risolani milliy ipakchilik xususidagi mukammal solnoma deb atash mumkin, unda to‘quvchilik an’analari paydo bo‘lishidan zamonaviy o‘zbek abrbandi durdonalariga qadar – o‘tmish va bugun haqida so‘z boradi.

Kitobda, jumladan, ipak qurtlarining paydo bo‘lishi, shoyi tolalariga rang berib, mato yaratilishi hamda tabiiy bo‘yoqlarni hosil qilish haqida so‘z boradi. Risolada, shuningdek, o‘zbek matolariga turli asrlarga xos bo‘lgan bezaklar xususida ma’lumot beriladi.

“O‘zbek ipagining gulgun fasli” kitobi boy o‘zbek milliy an’analari va noyob madaniy merosi haqidagi munosib risola bo‘lishiga ishonilmoqda.

International Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan taqdimotda madaniyat, san’at va fan arboblari, shuningdek, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют