» » Janubiy Koreya o‘z hududiga Amerika yadro bombalarini joylashtirishdan voz kechdi

Janubiy Koreya o‘z hududiga Amerika yadro bombalarini joylashtirishdan voz kechdi


Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati mamlakatga AQSh yadro qurolini joylashtirish masalasini ko‘rib chiqmayotganini ma’lum qildi, deb yozadi Yonhap agentligi.

“Biz hech qachon o‘z hududimizga AQSh yadro aktivlarini joylashtirishimiz kerak, deb hisoblamaganmiz, — dedi ma’muriyat vakili. — Biz yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha global rejimni hurmat qilamiz va o‘z siyosatimizni shu doiraga moslashtirishda davom etamiz”.

Avvalroq mahalliy OAVlarda Amerika yadro qurolini Koreya yarim oroliga joylashtirish masalasi Janubiy Koreya mudofaa vaziri Son Yon Munning Vashingtonga Pentagon rahbari Jeyms Mettis bilan uchrashuvga tashrifi chog‘ida muhokama qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Xabarlarga ko‘ra, Mun go‘yoki, shunday imkoniyatga ishora qilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-09-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют