» » Britaniya qirollik oilasi amal qiluvchi 9 ta noqulay qoida

Britaniya qirollik oilasi amal qiluvchi 9 ta noqulay qoida


Britaniya qirolichasi va uning oilasi hayoti nafaqat turli-tuman imtiyozlar, balki ko‘p sonli qoidalar, cheklovlar va majburiyatlardan iborat.

AdMe to‘qqizta ana shunday qoida va Yelizaveta II ning qaysi qarindoshlari ana shu qoidalarni buzishga jazm qilganligi haqida hikoya qiladi.

Kichkina shahzodalar doim shorti kiyadi

Yaqinda internet foydalanuvchilari nega shahzoda Jorj har qanday ob-havoda shorti kiyishi haqidagi savolni muhokama qildi. Sababi oddiy: Yevropaning yuqori jamiyati azaldan shimlarni erkaklar kiyishi, o‘g‘il bolalar esa uncha “jiddiy” bo‘lmagan kiyim kiyishi lozim deb hisoblaydi. Bu qoida ular sakkiz yoshga to‘lguncha amal qiladi.

Saylash huquqidan voz kechish

Qirollik oilasini saylash huquqidan mahrum qiluvchi qonun mavjud emas. Ya’ni ular ovoz berish jarayonlarida ishtirok etishi mumkin, biroq ular u yoki bu nomzodga noxolis munosabatda ayblanmaslik uchun bunday qilmaslikni ma’qul ko‘radi. Qiziq, qirolicha yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlarda yangi bosh vazir Tereza Mey uchun ovoz bergan bo‘lardimi?

Qora rangni faqat motam marosimlarida kiyish mumkin

Ko‘pchilik uchun kundalik rang hisoblangan qora rang qirollik oilasi uchun faqat motam rangi hisoblanadi. Shuning uchun shahzoda Uilyamning rafiqasini qora ko‘ylakda ko‘rishingiz ehtimoldan yiroq. Biroq uning onasi, malika Diana bu qoidani buzishga jazm qilgan.

1994-yilda shahzoda Charlz bilan qonuniy nikohda bo‘lgan malika Diana Serpentayn galereyasidagi ziyofatda ajoyib qora ko‘ylakda paydo bo‘ldi. Bu libos keyinchalik “qasos ko‘ylagi” deb nom oldi, chunki aynan shu kunda shahzoda Uelskiy Kamilla Parker-Boulz bilan ko‘p yillik munosabatlari haqida ommaga ma’lum qildi.

Mollyuskalarni yeyish tavsiya etilmaydi

Sog‘lik haqidagi qoidalar to‘plamida qirolicha va uning qarindoshlariga mollyuskalarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Ehtimol, ular midii va ustritsalar o‘zida to‘plashi mumkin bo‘lgan zaharli moddalar tufayli xavfli hisoblanar. Odatda ushbu qoida buzilmaydi, biroq bu borada chahzoda Charlz boshqalardan ajralib, Ustritsalar festivaliga bordi. Boshqa ba’zi mahsulotlar ham iste’mol uchun tavsiya etilmaydi. Yaxshiyamki, muzqaymoq bu ro‘yxatda yo‘q.

Taxt merosxo‘rlarining birga sayohat qilishi mumkin emas

Bu vaziyatda barchasi mantiqiy: afsuski, samolyotlar ba’zan qulaydi, poyezdlar to‘qnashadi, kemalar esa cho‘kadi. Ikki taxt merosxo‘ridan bir paytning o‘zida mahrum bo‘lish ikki karra daxshatli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Charlz va Uilyamning odatiy ota-bola kabi sayohatga chiqishi ehtimoli juda kam.

Avtograf berilmaydi

Britaniya qirollik oilasi muxlislariga xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘ladi, rasmiy uchrashuvlarda ular bilan mamnuniyat bilan suhbatlashadi, biroq ularga avtograf bermaydi. Norasmiy hujjatlardan boshqa joyga imzo qo‘yish ular uchun xavfli hisoblanadi. Biroq bunda ham shahzoda Charlz boshqalardan ajralib turdi: 2010-yilda u Kornuolldagi suv toshqini qurbonlaridan biri uchun “Charlz 2010” ko‘rinishidagi soxta avtograf qoldirdi.

Anglikan e’tiqodidan boshqa dinga itoat qilish mumkin emas

Ma’lumki, Buyuk Britaniyada monarx anglikan cherkovi boshlig‘i ham  hisoblanadi, shuning uchun uning boshqa dinga e’tiqod qilishi bir muncha g‘alati bo‘lgan bo‘lardi. Avval qirollik oilasi a’zolarining boshqa din vakillari bilan nikohdan o‘tishi ham taqiqlangan edi, biroq 2011-yilda bu taqiq olib tashlandi.

Mo‘ynali liboslar kiyish — yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan hasham

Qoidalarga ko‘ra, hasham boshqalarning g‘ashini keltiradigan bo‘lmasligi lozim. Shuning uchun protokol qirolicha va uning qarindoshlariga omma oldida mo‘ynali kiyimlarda ko‘rinish berishni tavsiya qilmaydi. Bunday holatlardan biri qirolichaning 1994-yilda Rossiyaga tashrifi chog‘ida yuz bergan edi (chapdagi surat). Mazkur tavsiya faqat mo‘ynali paltolarga taalluqli, mo‘ynali yoqalar va bosh kiyimlarni bemalol kiyish mumkin.

Qirollik oilasi a’zolari Rojdestvoni birga o‘tkazishi lozim

Qirollik oilasi har bir Rojdestvoni Norfolkdagi Sandringem saroyida birga o‘tkazadi. Ular oilaviy bayramlar suratlarini bo‘lishishni ma’qul ko‘rmaydi, biroq Madam Tyusso muzeyi bu qanday bo‘lishi mumkinligini tasavvur qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-09-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют