» » Pokiston sudi Benazir Bxutto o‘ldirilishida ayblanayotgan 5 kishini oqladi

Pokiston sudi Benazir Bxutto o‘ldirilishida ayblanayotgan 5 kishini oqladi


Pokiston sudi mamlakat sobiq bosh vaziri Benazir Bxutto o‘ldirilishida ayblanayotgan 5 kishini oqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Sud Pokistondagi toliblar bilan bog‘liq ekanligi taxmin qilingan mazkur shaxslarning aybi yetarlicha isbotlanmagan deb topdi.

Bu ishda aybdor sifatida ko‘rilayotgan sobiq prezident Parvez Musharraf sudlovdan yashirinayotgan shaxs deb e’lon qilindi. Shuningdek, sud hozirda Birlashgan Arab amirliklarida istiqomat qilayotgan Musharrafning barcha mol-mulkini musodara etish haqida hukm chiqardi.

Ravalpindi shahar politsiyasi boshqarmasining ikki rahbari dalillarni yashirish yo‘li bilan Bxuttoning qotillariga ko‘mak berishda ayblanib, har biri 17 yildan qamoq jazosiga hukm qilindi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-09-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют