» » Forbes Rossiyaning eng boy oilalari reytingini e’lon qildi

Forbes Rossiyaning eng boy oilalari reytingini e’lon qildi


Forbes jurnali Rossiyadagi eng boy oilalar reytingini e’lon qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.

O‘tgan yil davomida eng boy o‘nta oilaning umumiy daromadi 2 milliard dollarga oshib, 27 milliard dollarni tashkil etdi. Birinchi o‘rinni tarkibiga neft, ko‘mir, ko‘chmas mulk, qurilish va moliyaviy tarmoqlarni o‘z ichiga oluvchi “Safmar” guruhiga egalik qiladigan Gutseriyevlar oilasi egalladi. Jurnal ushbu oilaning jami boyligini 9,91 milliard dollar deya baholadi.

Reytingdagi ikkinchi o‘rinni Rotenberglar oilasi jami 4,2 milliard dollar boyligi bilan band etdi. 2015-yilgi reytingda ham Rotenberglar oilasi Gutseriyevlar oilasidan keyin ikkinchi pog‘onani egallagan edi. Ushbu oilaning boyligi “Gazprom” va boshqa davlat buyurtmalari, xususan, Kerchenskiy ko‘prigining qurilishi ortidan to‘plangan.

Uchinchi o‘rinni aka-uka Aleksey va Dmitriy Ananyevlar egalladi, nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, ularning boyligi 2,7 milliard dollarga teng. Aka-ukalar aktivlarga tenglik asosida egalik qiladi. Ularning “Promsvyazkapital” xoldingiga “Promsvyazbank” (aksiyalarining 50,03 foizi), “Vozrojdenie” banki (aksiyalarining 50,003 foizi) hamda Kiprdagi P.S. Capital investitsiya kompaniyasi kiradi. Shuningdek, ularga Rossiyadagi eng katta tizim integratori “Texnoserv”ning (2016-yilda 50 milliard rubl daromad ko‘rgan) 50 foiz aksiyasi tegishli.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-09-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют