» » Mirziyoyev va Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qildi. Erdo‘g‘on Mirziyoyevni Mustaqillik bayrami va Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Mirziyoyev va Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qildi. Erdo‘g‘on Mirziyoyevni Mustaqillik bayrami va Qurbon hayiti bilan tabrikladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya xalqi va o‘z nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyevni va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 26 yilligi va muborak Qurbon hayiti bilan chin dildan tabrikladi.

O‘zbekiston Prezidenti samimiy tabrik uchun chuqur minnatdorlik bildirib, barcha musulmonlarning muborak bayrami munosabati bilan Turkiya rahbari va qardosh turk xalqiga tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladi.

Ikki davlat rahbarlarining 2016-yil noyabr oyida Samarqand shahrida va joriy yil may oyida Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan samarali uchrashuvlari barcha sohalarda o‘zaro munosabatlarning yanada faollashuvida muhim ahamiyat kasb etayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Turli darajadagi aloqalar jadallashgani, o‘zaro ishonchga asoslangan amaliy ruhdagi siyosiy muloqot rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Davlatlar rahbarlari bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar ikki qardosh xalq o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, keng ko‘lamli va har tomonlama O‘zbekiston—Turkiya sherikligini chuqurlashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (1-09-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют