» » AQSh koalitsiyasi Suriya va Iroqdagi aviazarbalarda 61 tinch fuqaro halok bo‘lganini tan oldi

AQSh koalitsiyasi Suriya va Iroqdagi aviazarbalarda 61 tinch fuqaro halok bo‘lganini tan oldi


AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning Suriya va Iroqda o‘tkazayotgan operatsiyasi doirasida bir oy ichida 61 nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda koalitsiya rasmiylari bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.

Shu tariqa, 2014-yildan buyon koalitsiya aviazarbalari oqibatida halok bo‘lganlarning umumiy soni 685 kishini tashkil etdi. Avgust oyining boshida bu ko‘rsatkich 624 kishi ekanligi bildirilgan edi. Tinch aholining o‘limi bilan bog‘liq yana 455 xabar tekshirilmoqda.

Koalitsiya iyul oyida tekshirgan holatlar orasida 14-mart kuni Mosul atrofida amalga oshirilgan aviazarba eng keng miqyoslisi hisoblanadi. O‘shanda rasman 27 kishining halokati tan olingan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (1-09-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют