» » Keniyada muxolifat nomzodi talabi bilan prezidentlik saylovlari natijalari bekor qilindi

Keniyada muxolifat nomzodi talabi bilan prezidentlik saylovlari natijalari bekor qilindi


Keniyada qayta prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Mamlakat Oliy sudi muxolifat nomzodi Rayla Odinga shikoyati tufayli shunday qaror qabul qildi: u natijalar soxtalashtirilgan deb topdi va sudga murojaat etdi, deya xabar beradi CNN.

Muxolifat nomzodining talabini 6 nafar sudyadan 4 nafari qo‘llab-quvvatladi.

“Prezidentlik saylovlari konstitutsiyaga muvofiq o‘tmadi, shu sababli e’lon qilingan natijalar haqiqiy emas”, — ma’lum qildi sud raisi Devid Maraga.

Qayta saylovlar 60 kun ichida o‘tkazilishi lozim.

Keniyada prezidentlik saylovlari natijalari 8-avgustda e’lon qilindi va ommaviy tartibsizliklarga sabab bo‘ldi. Markaziy saylov komissiyasi ularda amaldagi davlat rahbari Uxuru Keniata g‘alaba qozonganini bildirgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-09-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют