» » OAV: Madonna o‘g‘lining futbol karyerasi uchun Portugaliyaga ko‘chib o‘tadi

OAV: Madonna o‘g‘lining futbol karyerasi uchun Portugaliyaga ko‘chib o‘tadi


Amerikalik taniqli xonanda Madonna Portugaliyaga ko‘chib o‘tmoqda. Bu haqda, mahalliy matbuotga tayanib, “TASS” bildirmoqda.

Aytilishicha, 59 yoshli pop-yulduz Lissabonning Alkantara tumanidagi lyuks toifali mehmonxonada vaqtinchalik joylashgan. Xonanda Sintra shahridagi uyida ta’mirlash ishlari tugaguniga qadar yarim yil davomida shu mehmonxonada turishi kutilmoqda.

Madonna o‘g‘li Devid Bandu uchun Portugaliyaga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Xonanda hamda uning sobiq turmush o‘rtog‘i, britaniyalik kinorejissor Gay Richi bolani Malavida asrab olgan edi.

11 yoshli bola Lissabonning “Benfika” futbol jamoasi akademiyasida tahsil olmoqda. Mashg‘ulotlar paytida o‘g‘liga yaqinroq bo‘lish uchun Madonna Portugaliyaga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.

Bandu Portugaliya futboli yulduzi Krishtianu Ronalduga havas qiladi va professional futbolchi bo‘lishni orzu qiladi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u onasi bilan 7 million yevro turadigan koshonada yashaydi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (1-09-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют