» » XKSda olingan namunalar Yerda hayotning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyani tasdiqladi

XKSda olingan namunalar Yerda hayotning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyani tasdiqladi


Xalqaro kosmik stansiya tashqi yuzasidan olingan probalar natijalari bakteriyalarning ayrim turlari ochiq fazoning kuchli radiatsiyasi sharoitida ham yashashi mumkinligini tasdiqlaydi. Shunday ekan, Yerdagi hayot mana shunday mikroorganizmlarning sayyoraga tushib qolishi natijasida paydo bo‘lgani haqidagi taxminlarda asos bor. Bu haqda XKSga yuboriladigan bo‘lajak ekspeditsiya komandiri Aleksandr Misurkin ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Moskva viloyatidagi kosmonavtlarni tayyorlash markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida u ilgarigi ekspeditsiya paytida XKS tashqarisida ishlayotganida kosmonavtlar stansiya yuzasidan biologik hayot borligini aniqlash maqsadida namunalar olganini hikoya qilib berdi.

“Namunalarni to‘plaganda o‘ylardim: bu yerda qanaqa tiriklik bo‘lishi mumkin? Plyus va minus yuz daraja orasidagi keskin havo o‘zgarishlari, bizning tushunchamizdagi odatiy ovqatning yo‘qligi, kuchli radiatsiya. Bu yerda qanaqa biologik hayot bo‘lishi mumkin? Lekin u bor ekan! Albatta, u Yerdan olib kelingan. Lekin sayyoramizdan olib kelingan bu narsa ochiq fazoda omon qolganining o‘ziyoq mikroorganizmlar bunga dosh berishini, demak, Yerda hayot shu tariqa paydo bo‘lganini ko‘rsatadi”, — ta’kidladi kosmonavt.

Misurkin 2018-yildan Rossiya dasturi bo‘yicha yana ochiq fazoga chiqilishini hamda uning doirasida yana bakteriyalar borligini tekshirish uchun namunalar to‘plash imkoniyati bo‘lishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

“Yanvarda kemadan tashqaridagi faoliyatim chog‘ida yana probalar to‘playman va mamnuniyat bilan bu yo‘nalishda olimlar bilan ishlayman”, — dedi u.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 00:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют