» » Boks. Qatardagi natija yaxshilandi. Gamburgdagi JCh finalida 4 o‘zbekistonlik jang qiladi

Boks. Qatardagi natija yaxshilandi. Gamburgdagi JCh finalida 4 o‘zbekistonlik jang qiladi


Boks bo‘yicha Jahon Chempionatining finaliga Jasur Latipov va Shahram G‘iyosov ham yo‘l oldi. Bunga qadar Hasanboy Do‘stmatov hamda Iqbol Xoldorov oltin uchun jang qilish imkoniyatini qo‘lga kiritgandi.

Sanjar Tursunov kabi Bektemir Meliqo‘ziyev ham bronza bilan cheklanadigan bo‘ldi. Uning yarim finaldagi raqibi irlandiyalik Jozef Uord bo‘lib, jang 3:2 hisobida yakuniga yetdi. “Olamsport” nashrining ma’lumot berishicha, mazkur to‘qnashuv to‘liq o‘zbekistonlik sportchining ustunligida o‘tganiga qaramay, yakunda hakamlar Uordning g‘alabasini e’lon qildi. Avvalroq nashr Isroil Madrimovning ham nohaq mag‘lub etilgani haqida yozgandi.

Ikki yil avval Qatarda o‘tgan Jahon Chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta bronza va 3 ta kumush medaliga ega chiqqandi. Endi esa finalda jang qiladigan o‘zbekistonliklar soni 4 nafar. Bu avvalgi natija yaxshilanganidan dalolat beradi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют