» » Citroen ichida yuvinish imkoni bo‘lgan yangi avtomobilni taqdim etdi

Citroen ichida yuvinish imkoni bo‘lgan yangi avtomobilni taqdim etdi


Fransiyaning Citroen kompaniyasi Spacetourer nomli minivenning konseptual ko‘rinishini taqdim etdi. Avtomobilning rasmiy taqdimoti sentabr oyining o‘rtasida Frankfurtdagi avtosalonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kompaniyaning saytida ma’lum qilindi.

Miniven uzoq masofalarga sayohat qilish uchun mo‘ljallangan. Mashina konstruksiyasiga maxsus chodir ham kritilgan, shuningdek, avtomobil dush bilan jihozlangan. Suv yuk bo‘linmasining eshigiga o‘rnatilgan idishdan keladi.

Bundan tashqari, mashinada kichik oshxona uchun joy ajratilgan bo‘lib, unda gaz plitasi va rakovina joylashadi.

Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, yotish uchun joyni mashina tomida yoki orqa o‘rindiqlarda tayyorlash mumkin. Qo‘shimcha sifatida meteostansiya, seyf va kiyimlar uchun suv o‘tkazmaydigan maxsus konteyner bor.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-09-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют