» » Tailandda plyaj yaqinida suzib yurgan uch metrli timsoh ushlandi

Tailandda plyaj yaqinida suzib yurgan uch metrli timsoh ushlandi


Tailandning Pxuket oroli sohilidagi mahalliy plyajlardan birida suzib yurgan timsoh qo‘lga olindi, deb xabar berdi Phuket News.

Reptiliyani ikkinchi urinishdagina qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lingan. Birinchi bor timsoh mahalliy baliqchilik departamenti xodimlari tomonidan qo‘yilgan to‘rdan qochib chiqib ketgan.

Bangkok Post gazetasining aniqlik kiritishicha, timsohni qo‘lga olishda jami 15 nafar department xodimlari va mahalliy baliqchilar ishtirok etgan. Qo‘lga olingan timsohning og‘irliga 200 kilogrammdan ortiq, uzunligi esa uch metrga teng. Timsoh Pxuketdagi baliqchilik ilmiy-tadqiqot markaziga jo‘natilgan.

25-avgust kuni avstraliyalik turist dron yordamida Pxuket sohili bo‘yida suzib yurgan timsohni videoga olgan edi. Bir necha kundan so‘ng turist videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan va shundan keyingina mahalliy hukumat unga e’tibor qaratgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-09-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют