» » JCh—2018. “Paxtakor” himoyachisi Chernogoriya safida gol urdi, Polsha ilk bor mag‘lub bo‘ldi

JCh—2018. “Paxtakor” himoyachisi Chernogoriya safida gol urdi, Polsha ilk bor mag‘lub bo‘ldi


2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida ishtirok etishni istayotgan Yevropa mamlakatlari saralash uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

7-turga kelib Polsha termasi saralashdagi ilk mag‘lubiyatini qaqshatqich tarzda qabul qilib oldi. Robert Levandovskining mazkur o‘yinda ko‘rinish bermagani polshaliklar uchun qimmatga tushdi. Bunga qadar “Bavariya” hujumchisi saralash siklida 11 ta gol urib, Krishtianu Ronaldu bilan to‘purarlik poygasida raqobat hosil qilib turgandi.

Chernogoriya safida “Paxtakor” himoyachisi Marko Simich gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu kuni uning mamlakati Qozog‘iston termasi ustidan yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

“E” guruhida vaziyat ancha keskinlashdi. Navbatdagi turda Polsha Qozog‘istonni qabul qilishi inobatga olinsa, ular biroz yengil nafas olishi mumkin. Daniya Yerevanga tashrif buyuradi, Chernogoriya esa Podgoritsada Ruminiyani mehmon qiladi.

JCh—2018. Saralash
“E” guruhi. 7-tur
1-sentabr, payshanba

Gollar: Marko Veshovich, 31 (0:1). Fatos Bechiray, 53 (0:2). Marko Simich, 63 (0:3).

Gollar: Tomas Dileyni, 16 (1:0). Andreas Kornelius, 42 (2:0). Nikolay Yorgensen, 59 (3:0). Kristian Eriksen, 80 (4:0).

Gol: Aleksandru Maksim, 90+1 (1:0).
Noaniq penalti: Bogdan Stanku, 55 (R).
Chetlatish: Taron Voskanyan, 54 (A).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют