» » Xitoy internet-aloqani yaxshilash uchun 2025-yilgacha 156 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqaradi

Xitoy internet-aloqani yaxshilash uchun 2025-yilgacha 156 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqaradi


Xitoy 2025-yilga kelib past orbitaga 156 ta kichik aloqa sun’iy yo‘ldoshini chiqarishni rejalashtirmoqda. Ular yer yuzidagi borish qiyin bo‘lgan manzillar aholisini internet bilan ta’minlashda qo‘llanadi, deya xabar beradi “TASS”.

“Xunyun” loyihasi Xitoy aerokoinot fanlari va sanoati korporatsiyasi (CASIC) tomonidan ishlab chiqilgan. Birinchi sun’iy yo‘ldoshning uchirilishi 2018-yilga mo‘ljallangan, yana 4 ta qurilma 2020-yilda orbitaga chiqariladi.

Loyiha doirasida korporatsiya 2025-yilgacha barcha 156 sun’iy yo‘ldoshni foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda.

Olimlar hisob-kitobiga ko‘ra, hozirda yer yuzi aholisining yarmiga yaqini internetdan foydalanishdan mahrum. “Xunyun” loyihasi tog‘li hududlar, sahrolar, olis orollar va boshqa borish qiyin bo‘lgan manzillar aholisiga yuqori tezlikda tarmoqqa ulanish, shuningdek, havo va dengiz kemalarida internet-aloqa sifatini oshirish imkoniyatini yaratadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют