» » Argentinada ommaviy suiqasdlarni rejalashtirgan 17 yoshli o‘smir qo‘lga olindi

Argentinada ommaviy suiqasdlarni rejalashtirgan 17 yoshli o‘smir qo‘lga olindi


Argentinada butun dunyo bo‘ylab ommaviy suiqasdlarni uyushtirmoqchi bo‘lgan 17 yoshli o‘smir qo‘lga olindi. Bu haqda El Pais’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘smirning rejalarini Baskoniya politsiyasi (Ertzaintza) buzishga muvaffaq bo‘lgan, ular ijtimoiy tarmoqlarda 17-avgust kuni ommaviy ravishda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan shaxslarning xalqaro guruhini aniqlagan.

Bask politsiyasining internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya bilan hamkorligi natijasida ushbu ommaviy suiqasd tashkilotchisi Argentinada yashayotganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, Ertzaintza xodimlari argentinalik hamkasblari bilan bog‘langan va belgilangan muddatga olti kun qolganida o‘smir qo‘lga olingan. Nashrning ta’kidlashicha, yigitchaning xonasidan pichoq va ustara, shuningdek, qonga namlangan doka topilgan. Voyaga yetmagan yigit ruhshunoslar nazoratida.

Huquq-tartibot xodimlari tergovni davom ettirayotgani sabab qurbonlar soni va ularning millatini keltirmadi. Shu bilan birga tergovchilar guruhning barcha a’zolari ustida ishlashni davom ettirib, o‘n yetti yoshli yigitcha tomonidan ochilishi mumkin bo‘lgan boshqa shu kabi guruhlar tekshirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют