» » Tramp dunyoning yetakchi rahbarlari bilan BMTni isloh qilish masalasini muhokama qilish niyatida

Tramp dunyoning yetakchi rahbarlari bilan BMTni isloh qilish masalasini muhokama qilish niyatida


AQSh prezidenti Donald Tramp 18-sentabr kuni Nyu-Yorkda dunyoning yetakchi rahbarlari bilan uchrashib, BMTni isloh qilishga bog‘liq masalalarni muhokama qilish niyatida. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Agentlikning ma’lum qilishicha, dunyoning yetakchi rahbarlari BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni tashkilot borasida “samarali islohotlarni boshlash”ga chaqiruvchi 10 ta banddan iborat deklaratsiyaga imzo cheksa uchrashuvga taklif qilinadi.

“Biz bosh kotibning BMT doirasida insonparvarlik yordami, tinchlik tashabbuslari va himoya qilish ishlarini yanada muvofiqlashtirish maqsadida aniq o‘zgarishlarni joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deyiladi deklaratsiya loyihasida.

BMT Bosh Assambleyasi sessiyasining birinchi kuni AQSh va O‘zbekiston prezidentlari nutq so‘zlaydi

12-sentabr kuni BMTning shtab-kvartirasida Bosh Assambleyaning 72-sessiyasini ochilishi bo‘lib o‘tadi, 19-sentabrdan boshlab esa yuqori darajadagi haftalik davomida umumsiyosiy masalalar muhokamasi boshlandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют