» » Yashnobod tumanida “Do‘stlik” istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi

Yashnobod tumanida “Do‘stlik” istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi


Yashnobod tumanida “Do‘stlik” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i majmuasi foydalanishga topshirildi.

Ta’kidlash joizki, ushbu maskan Eng ulug‘ va eng aziz bayram — Mustaqilligimizning 26 yillik bayrami kunida poytaxt aholisiga yana bir tuhfa bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yashnobod tumaniga tashrifidagi tashabbusi bilan “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘ majmuasini qurish ishlari joriy yilning 11-may kuni boshlangan edi.

Qisqa muddat davom etgan qurilish ishlari 25-avgust kuni yakuniga yetkazildi.

Ushbu bog‘da 20 ta zamonaviy attraksionlar, jumladan, “Mevali Karusel”, “Quvnoq Meduza”, “Ummon parovozi” “Avtodrom”, “Energiya bo‘roni”, “Qaroqchilar kemasi”, “Drift” va boshqa attraksionlar bolalarning quvnoq dam olishlariga xizmat qilish bilan birga, ularning narxini hamyonbopligi ham dam oluvchilarning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

Maskanning o‘ziga xosligi unda Book-kafe hamda sokin maskanning tashkil etilganidir. Bu yerda tashrif buyuruvchilar yengil tamaddi qilishi va, eng muhimi, kitob o‘qishlari uchun sharoit va kutubxona tashkil etilgan.

Bundan tashqari, bog‘dagi “Do‘stlik” kafesi, savdo shahobchalari, ko‘ngilochar tomoshalar, multfilm qahramonlari timsollari tashrif buyuruvchilar xizmatida.

Istirohat bog‘i nafaqat o‘yin dastgohlari bilan, balki o‘zining boshqa ko‘ngilochar maskanlari bilan ham mehmonlarning e’tiborini jalb qilishga qodir. Xususan, hududga kirish bilan dunyoga mashhur yodgorliklarnig kichraytirilgan nusxalari diqqatni o‘ziga jalb qiladi.

Bu yerda AQShdagi Ozodlik haykali, Hindistondagi muhabbat timsoli bo‘lmish Toj Mahal maqbarasi, dunyoning “yetti mo‘jizasi”dan biri — Misr ehromlari, Fransiya timsoli — Eyfel minorasi bilan birga, yurtimizdagi tarixiy qadamjolar — Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon, Sherdor madrasasi nusxalarini ko‘rish, ular haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

Ushbu tarixiy me’morlik durdonalari va dunyodagi diqqatga sazovor maskanlarning maketlari tashrif buyuruvchilar, ayniqsa yoshlarning ma’naviy dunyoqarashlari o‘sishiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, bog‘ hududiga turli sokin, musiqali, ko‘ngilochar favvoralar so‘limlik baxsh etmoqda.

Bundan tashqari, bog‘da turli konsert va tomoshalar o‘tkazish uchun 250 o‘ringa mo‘ljallangan amfiteatr tashkil etilgan bo‘lib, u turli bayramlar va ommaviy tadbirlarda aholining hordiq chiqarishlari uchun imkon yaratadi.

Yashnobod tumanidagi “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘i majmuasining tashkil etilishi jarayonida, hududdan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanali qirg‘oqlari ham obodonlashtirildi — ko‘kalamzorlashtirildi, aholining sayr qilishi, dam olishi uchun qulay saylgohga aylantirildi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘ida poytaxt aholisi va mehmonlarning dam olishi uchun qulay va munosib shart-sharoitlar yaratilgan.

Reklama huquqi asosida

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют