» » Alisher Usmonov joriy yil boshidan beri boyligini 1,47 milliard dollarga oshirib oldi

Alisher Usmonov joriy yil boshidan beri boyligini 1,47 milliard dollarga oshirib oldi


2017-yilning sakkiz oyi davomida rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi 17,099 milliard dollarga ortdi. Bu haqda Bloomberg agentligi tomonidan e’lon qilingan Bloomberg Billionaires Index (BBI) ma’lumotlarga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Indeks milliarderlarning ulushi bo‘lgan kompaniyalarning hisobot ma’lumotlariga va aksiyalarining qiymatiga asoslangan holda ishlab chiqiladi.

Indeksga ko‘ra, Rossiyadagi eng boy odam “Severstal”ning asosiy aksioneri Aleksey Mordashov bo‘lib, uning boyligi joriy yil boshidan beri 1,49 milliard dollarga ortib, umumiy boyligi 18,4 milliard dollarni tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinni “Norilskiy nikel” kompaniyasi prezidenti Vladimir Potanin egallagan bo‘lib, uning boyligi 905 million dollarga ko‘paygan, natijada uning umumiy boyligi 17,5 milliard dollarni tashkil qilgan. Undan keyingi pog‘onani yanvar oyidan beri boyligi 3,47 milliard dollaga ortib, umumiy boyligi 16,6 milliard dollarga yetgan Novolipetsk metallurgiya kombinatining direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin egallagan. Ta’kidlash kerakki, Lisinning boyligi avgust oyida 1,6 milliard dollarga ortgan va u “Renova” kompaniyasining asosiy egasi va direktorlar kengashi raisi Viktor Vekselbergni ortda qoldirgan.

Vekselberg 2017-yilning yanvar—avgust oylarida boyligini 1,41 milliard dollarga ko‘paytirib, jami 15,6 milliard dollar bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi. “Novateka” rahbari Leonid Mixelsonning boyligi yil boshidan beri 2 milliard dollarga kamayib, 15,3 milliard dollarga tushib qoldi. “Alfa-grupp” konsorsiumi aksioneri Mixail Fridman boyligini 1,32 milliard dollarga ko‘paytirib, davlatini 14,6 milliard dollarga yetkazdi. USM Holdings asoschisi Alisher Usmonovning kapitali esa yil boshidan beri 1,47 milliard dollarga ortib 14,4 milliard dollarga yetdi.

Undan keyingi pog‘onani “Lukoyl” rahbarlari Vagit Alekperov va Mixail Proxorov (ikkalasining boyligi 11,3 milliard dollarga baholandi) egalladi. Shu bilan birga, yil boshidan beri Alekperovning kapitali 693 millionga kamaygan bo‘lsa, Proxorovniki 470 million dollarga ortgan.

Volga Group kompaniyasi rahbari Gennadiy Timchenkoning boyligi 1,9 milliard dollarga kamayib, umumiy boyligi 9,57 milliard dollarga tushib ketdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-09-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют