» » O‘zbekistonda 16 ming kishi “diniy oqimga a’zolar ro‘yxati”dan chiqarildi

O‘zbekistonda 16 ming kishi “diniy oqimga a’zolar ro‘yxati”dan chiqarildi


O‘zbekistonda diniy-ekstremistik oqimlar a’zosi sifatida ro‘yxatda turgan 17 mingdan ortiq kishining 16 mingi “ro‘yxat”dan chiqarilgan. Bu haqda, “O‘zbekiston 24”ga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayramidagi nutqida, jumladan, shunday degan edi:

Hayotda bilib-bilmay adashgan odamlarni to‘g‘ri yo‘lga solish, kechirimli bo‘lish, ularni sog‘lom hayotga qaytarish masalalari ham diqqat markazimizda turibdi.

Biz bir hayotiy haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. Ya’ni xato qilgan, yo‘ldan adashgan odamni “yomon” deb chetga surib qo‘ysak, u yomon bo‘lib qolaveradi. Yomonni yaxshi qilish, uni do‘stga aylantirish – bu faqat sog‘lom jamiyatning qo‘lidan keladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Avvalroq Human Rights Watch xalqaro nohukumat tashkiloti delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga Human Rights Watch tashkiloti delegatsiyasi tashrif buyurdi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют