» » Angela Merkel: Nemis fuqarolarining qo‘lga olinishi Anqara bilan munosabatlar qayta ko‘rib chiqilishiga olib kelishi mumkin 

Angela Merkel: Nemis fuqarolarining qo‘lga olinishi Anqara bilan munosabatlar qayta ko‘rib chiqilishiga olib kelishi mumkin 


Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyada ikki nemis fuqarosi qo‘lga olinganini qoraladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Biz qat’iy harakat qilishimiz kerak. So‘nggi voqealarni inobatga olib, Anqara bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladiganga o‘xshaydi. Turkiya bilan Yevroittifoq o‘rtasida bojxona ittifoqi tuzish haqidagi muzokaralarni davom ettirishning ham hozir mavridi emas”, — dedi Merkel.

Germaniya TIVga ko‘ra, ikki nafar nemis fuqarosi Turkiyada 31-avgust, payshanba kuni qo‘lga olindi. Ular bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmadi, biroq Berlin gap “siyosiy ayblovlar” haqida ketayotgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют