» » Bitkoin kursi ilk bor 5000 dollardan oshdi

Bitkoin kursi ilk bor 5000 dollardan oshdi


Bitcoin kriptovalyutasi kursi 2-sentabrga o‘tar kechasi ilk bor bir donasi uchun 5000 dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Bitkoinning turli birjalardagi qiymatini kuzatib boruvchi CoinDesk sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 7:25 atrofida kriptovalyuta kursi 5000 dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tgan, biroq oradan 10 daqiqa o‘tib, yana pastlay boshlagan.

Ushbu xabar tayyorlanayotgan vaqtda bitkoin qiymati 4 565 dollargacha tushgan edi.

CoinDesk’ning qo‘shimcha qilishicha, bir bitkoinning eng yuqori kursi Xitoyning OKCoin birjasida qayd etilgan — u yerda kriptovalyuta qiymati 5 149 dollargacha ko‘tarilgan.

Bitkoin 4000 dollarlik dovonni 13-avgustda, undan bir hafta avval esa 3000 dollarlik ko‘rsatkichni bosib o‘tgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют