» » Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida tashkil etilgan sektorlar faoliyatini talab darajasida emas deb topdi

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida tashkil etilgan sektorlar faoliyatini talab darajasida emas deb topdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev “Taraqqiyot manzarasi” fermer xo‘jaligi dala shiyponida viloyat mutasaddilari, fermerlar bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarga bo‘lish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda viloyatdagi mazkur sektor vakillarining o‘z hududlari bo‘yicha faoliyati muhokama qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev sektorlar faoliyati bugungi kun talablari darajasida tashkil qilinmaganini qayd etdi.

Tadbirda viloyatda paxta yig‘im-terimi mavsumini samarali tashkil qilish, takroriy ekinlar monitoringi, qishloq xo‘jaligi sohasida kutilayotgan hosil va daromad, barcha toifadagi xo‘jaliklar uchun 2018-yilda ekiladigan sabzavot ekinlari hamda ulardan olinadigan mahsulot miqdori va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют