» » Boks, JCh—2017. Shahram G‘iyosov — jahon chempioni! U kubalik Roniel Iglesiasni mag‘lub etdi

Boks, JCh—2017. Shahram G‘iyosov — jahon chempioni! U kubalik Roniel Iglesiasni mag‘lub etdi


Germaniyaning Gamburg shahrida tashkil etilgan boks bo‘yicha 2017-yilgi jahon chempionatining 69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi bahslar finalida o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov kubalik raqibi Roniel Iglesiasni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shahram har uchala raundda raqibidan to‘liq ustun harakat qildi. Jangdan so‘ng Roniel Ilgesiasning o‘zi ham mag‘lubiyatini tan olib, Shahram G‘iyosovni olqishladi. Shahram g‘alabasini o‘z an’anasiga sodiq tarzda — Krishtianu Ronaldu uslubida nishonladi.

O‘zbekistonlik chempion bokschi finalga qadar ukrainalik Yevgeniy Barabanov, angliyalik Pet Makkormak va qozog‘istonlik Ablayxon Jusupovni mag‘lub etgan edi. Shahram G‘iyosov jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritgani munosabati bilan, musobaqa bo‘lib o‘tayotgan Gamburgdagi arenada O‘zbekiston madhiyasi yangraydi.

Jahon chempionati finaliga, Shahram G‘iyosovdan tashqari, yana uch nafar o‘zbekistonlik bokschi yo‘l olgan edi. Ularning bari — Hasanboy Do‘stmatov (-49 kilogramm), Jasur Latipov (-52 kilogramm) va Iqboljon Xoldorov (-64 kilogramm) kubalik bokschilarga mag‘lub bo‘lib, kumush medal bilan kifoyalandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-09-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют