» » Samarqandda Islom Karimov yodgorlik majmuasi ochildi (foto)

Samarqandda Islom Karimov yodgorlik majmuasi ochildi (foto)


2-sentabr kuni Samarqandda O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovga atab qurilgan yodgorlik majmuasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi UzNews. Tadbir Islom Karimov vafotiga bir yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazildi.

Loyihani amalga oshirishda YuNESKOning Butunjahon merosi markazi, Qadimiy yodgorliklarni asrash bo‘yicha xalqaro kengash ishtirok etdi.

Maqbara marmar va granitdan ishlangan bo‘lib, muqaddas Qur’ondan olingan oyatlar yozuvlari bilan bezatilgan. Gumbaz ostidagi peshtoqlarga Islom Karimovning hikmatli so‘zlari o‘zbek, ingliz va arab tillarida yozilgan.

Majmuaga tutashgan hudud kengaytirilgan, tashrifchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Mamlakat Birinchi Prezidentining maqbarasi Hazrati Xizr masjidi bilan uyg‘unlashib ketgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-09-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют