» » Hayvonlar himoyachilari O‘zbekiston Prezidentidan uysiz hayvonlar muammolariga e’tibor qaratishni so‘ramoqda

Hayvonlar himoyachilari O‘zbekiston Prezidentidan uysiz hayvonlar muammolariga e’tibor qaratishni so‘ramoqda


Hayvonlar himoyachilari O‘zbekiston Prezidenti va hukumatining e’tiborini hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat muammosiga qaratish maqsadida change.org saytida petitsiya e’lon qildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.

“Bizga e’tibor qarating”, degan so‘zlar bilan boshlangan petitsiya bir necha kun oldin O‘zbekistondagi hayvonlar himoyachilari tomonidan ishga tushirilgan. Petitsiyada ular Prezidentdan hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun jazoni qattiqlashtirishni va hayvonlar muhofazasi bo‘yicha qonun qabul qilishni so‘ramoqda.

“Mazkur qonun loyihasi bir necha yildan beri ko‘rib chiqishda turibdi, biroq hali ham qabul qilingani yo‘q. Bugungi kunda butun dunyoda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hayvonlarni himoya qiluvchi ko‘plab tashkilotlar, jamiyatlar va guruhlar bor. Biz shiddat bilan rivojlanayotgan mustaqil va taraqqiy etgan respublikamiz, nima uchun unda hayvonlarga o‘rin yo‘q? Faqat odamning aybi bilan hayvonlar ko‘chada qolmoqda, ular hech kimga kerak emas. Ularga qasddan jarohat yetkaziladi, ayniqsa, bayramlar oldidan, ular shafqatsizlarcha, mexanik yo‘l bilan o‘ldirilmoqda, bolalar va kattalar ularga tayoq va tosh otadi, asfaltga uradi, devorga uloqtiradi”, — deyiladi petitsiya matnida.

Hayvonlar himoyachilarining ta’kidlashicha, ichki ishlar xodimlari hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat yuzasidan ariza beruvchilarni jiddiy qabul qilmaydi, arizani qabul qilishdan va tahqirlash faktini qayd etishdan bosh tortadi.

Ko‘ngillilar bu holatda muammoni bitta jarima bilan hal qilib bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda. Jarima miqdorini bir necha marta ko‘paytirish yoki jinoiy jazo belgilash taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari, hayvonlar himoyachilari naslsiz, klublarga a’zo bo‘lmagan va qabilasiz uy hayvonlarini boqqanlik uchun katta miqdorda jarima tatbiq etishni va ularni boqishni taqiqlashni taklif qilmoqda. Shuningdek, naslsiz hayvonlarni majburiy tartibda sterilizatsiya qilish va kastratsiya (bichish) haqidagi qonun qabul qilish taklif qilinmoqda. Bunda hayvon haqiqatdan ham sterilizatsiya qilingani haqida guvohnoma berilishi kerak. Shu bilan birga, himoyachilar fuqarolarga uy hayvonlarini ko‘chaga tashlab ketgani uchun moddiy javobgarlikni belgilash va hayvonlar sayr qilishi uchun maxsus joylar qurishni muhim, deb hisoblamoqda.

Asosiy talab sifatida hayvonlar himoyachilari bir necha yildan beri kurashib kelayotgan, hayvonlarni saqlab turish joylarida ularni mexanik yo‘q qilishni bekor qilish ko‘rsatilmoqda.

“Ko‘plab rivojlangan mamlakatlardagi kabi insoniy evtanaziyani (davolab bo‘lmaydigan kasallikdan qiynalayotgan hayvonni maxsus vositalar yordamida o‘ldirish) tatbiq qilish, hayvonlarni ovlash xizmatlarida bo‘layotgan hodisalar ustidan hayvonlarni muhofaza qilish va uysiz hayvonlarni qutqarish jamiyatlari vakillari nazoratini tatbiq qilish zarur”, — deb ta’kidlangan petitsiyada.

Ko‘ngillilar qayd etishicha, bu muammoning yechimida vaziyatni kompleks tarzda yaxshilaydigan global fikr kerak. Birinichi navbatda, bolalarga bog‘chadan, maktabdan boshlab hayvonlarga mehrni uyg‘otish, jonli burchaklarni tashkil qilish, hayvonlarni xafa qilish emas, himoya qilish kerakligi haqida gapirish kerakligi hayvonlar himoyachilari tomonidan ta’kidlanmoqda.

“Biz bir necha marta hayvonlarni saqlash uchun joy ajratishni so‘rab murojaat qildik, ko‘ngillilar bu ish bilan shug‘ullanishga tayyor. Biroq bu davlat ko‘magida bo‘lsa, ikki baravar samarali bo‘ladi. Bir emas, bir nechta saqlash joyini tashkil etish kerak, odamlar bajonidil yordam beradi, ayniqsa, bu shaffof bo‘lsa. Bizda hayvonlarni davolash, sterilizatsiya va kastratsiya qilishda to‘lov qilish imkonini beruvchi Click tizimi bor. Muammo shundaki, bizda reklama yo‘q va bunday xizmat haqida biluvchilar kam. OAV va televideniyeni, albatta, jalb qilish kerak”, — deyiladi petitsiyada.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-09-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют