» » JCh—2018. “Real”, “Barselona” va APL yulduzlaridan tuzilgan jamoa Italiyani “tiz cho‘ktirdi”

JCh—2018. “Real”, “Barselona” va APL yulduzlaridan tuzilgan jamoa Italiyani “tiz cho‘ktirdi”


Italiya terma jamoasi JCh—2018 uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri chipta yutib ololmasligi mumkin. Saralashning hal qiluvchi o‘yinida ular Ispaniyadan yirik hisobda yengildi.

Tomonlarning Turinda o‘tgan birinchi o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi. Takroriy o‘yinda Isko dubl qayd etdi, Alvaro Morata esa hisobiga 1 ta gol yozib qo‘ydi.

Shu tariqa Ispaniya terma jamoasi raqibidan 3 ochkoga o‘zib ketdi. Oldinda ispanlarni Lixtenshteyn, Albaniya va Isroil kabi uncha kuchli bo‘lmagan raqiblar kutib turgani inobatga olinsa, ular katta ehtimol bilan saralashni peshqadam sifatida yakunlashi mumkin. Voqealar rivoji shu taqlid davom etsa, Italiya pley-offdan umid qiladi.

JCh—2018. Saralash
“G” guruhi. 7-tur
2-sentabr, shanba

Gollar: Odise Roshi, 54 (1:0). Ansi Agoli, 78 (2:0).

Gollar: Isko, 14 (1:0). Isko, 40 (2:0). Alvaro Morata, 77 (3:0).

Gol: Goran Pandev, 73 (0:1).

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-09-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют