» » Boks. O‘zbekiston terma jamoasi Jahon Chempionatini Kubadan so‘ng 2-o‘rinda yakunladi

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi Jahon Chempionatini Kubadan so‘ng 2-o‘rinda yakunladi


Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatini 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladi va umumjamoa hisobida Kubadan keyin 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Rio—2016 Olimpiadasida shuning aksi kuzatilib, O‘zbekiston delegatsiyasi peshqadamlikka erishgan, Kubaga esa 2-o‘rin nasib qilgandi.

Gamburgda finalga qadar 7 nafar kubalik, 4 o‘zbekistonlik va 3 nafar qozog‘istonlik sportchi yetib kelgandi. Yakunda Kuba sportchilaridan 5 nafari oltin medalga sazovor bo‘ldi. Jumladan, 3 kubalik bokschi Hasanboy Do‘stmatov, Jasur Latipov hamda Iqbol Xoldorovni taslim qildi.

O‘zbekiston bokschilaridan faqatgina Shahram G‘iyosov kubalik raqibi ustidan zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan Shahram WSB tasnifidagi mag‘lubiyati uchun revansh olgandek bo‘ldi.

Qozog‘iston termasi ham O‘zbekiston singari 1 ta oltin medalga ega chiqdi. Biroq ularda kumush medallar soni 1 taga kamroq.

O‘zbekiston terma jamoasi Qatarda o‘tgan so‘nggi JChda 3 ta kumush va 3 ta bronza bilan umumjamoa hisobida 7-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lib, o‘shanda kubaliklar 4 ta oltin bilan peshqadam bo‘lgan, mos ravishda Rossiya 2 ta, Ozarbayjon, Irlandiya, Fransiya va Marokash 1 tadan oltinga ega chiqqandi. Qozog‘istonlik sportchilar esa bor-yo‘g‘i 2 ta kumush bilan O‘zbekistondan keyingi 8-pog‘onadan joy olgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-09-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют