» » O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab jismoniy shaxslardan erkin ravishda xalqaro valyuta sotib olish boshlanadi

O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab jismoniy shaxslardan erkin ravishda xalqaro valyuta sotib olish boshlanadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha dastlabki choralar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, 2017-yil 5-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — jismoniy shaxslardan valyuta almashtirish shoxobchalarida erkin ravishda valyuta sotib olish boshlanadi.

Shuningdek, jismoniy shaxslar amaldagi tartibga muvofiq tijorat banklarining konversion bo‘limlarida xalqaro to‘lov kartalariga hisoblash asosida xorjiy valyuta sotib olishi va xorijda bu mablag‘dan hech qanday cheklovlarsiz foydalanishi mumkin.

2017-yil 5-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslariga tijorat banklarida cheklovlarsiz joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha (mahsulotlar, ishlar va xizmatlar importi, daromadlarni repatriatsiya qilish, kreditlarni to‘lash, ish bo‘yicha safar xarajatlari va boshqa nosavdo xarakteridagi o‘tkazmalar) xorijiy valyuta sotib olish huquqi beriladi.

Yuridik shaxsni tashkil qilmasdan oziq-ovqat importi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5-sentabrdan boshlab, jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda, bank hisob raqami orqali xorijiy valyuta sotib olishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, eksportchilarga, ularning mulk shaklidan qat’i nazar, xalqaro valyutada olingan daromadning ma’lum qismini majburiy sotish talabi bekor qilinadi.

Farmonga ko‘ra, 5-sentabrdan e’tiboran xalqaro valyutada daromadga ega bo‘lgan va yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchilar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari o‘z bank hisob raqamlaridan xalqaro valyutani naqd ko‘rinishda olishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-09-2017, 13:42)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют