» » OAV: Tramp Janubiy Koreya bilan savdo kelishuvidan chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

OAV: Tramp Janubiy Koreya bilan savdo kelishuvidan chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp yordamchilariga mamlakatning Janubiy Koreya bilan erkin savdo kelishuvidan chiqishi yuzasidan hujjatlarni tayyorlashga ko‘rsatma berdi. Bu haqda, The Washington Post nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasida KORUS nomli erkin savdo kelishuvi mavjud.

Aytilishicha, KORUS’ning bekor etilishi haqida keyingi haftada e’lon qilinishi mumkin.

Trampning yordamchilari uni bu fikrdan voz kechishga undamoqda. Ular orasida Pentagon rahbari Jeyms Mettis, milliy xavfsizlik bo‘yicha prezident yordamchisi Gerbert Makmaster va davlat rahbari huzuridagi Milliy iqtisodiy kengash rahbari Geri Kon bor.

Ular kelishuvning bekor qilinishi Seul bilan savdo urushini keltirib chiqarishi mumkinligini aytmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-09-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют