» » Zafar Hoshimov: Valyuta bozorining erkinlashtirilishi import qilinadigan iste’mol tovarlari narxining oshishiga sabab bo‘lmaydi

Zafar Hoshimov: Valyuta bozorining erkinlashtirilishi import qilinadigan iste’mol tovarlari narxining oshishiga sabab bo‘lmaydi


O‘zbekistonda valyuta bozorini erkinlashtirish bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Bunga qadar valyuta bozorini erkinlashtirish masalasi atrofida turli fikr-mulohazalar bildirilayotgan edi. Shunday fikrlardan biri so‘mning dollarga nisbatan rasmiy kursi devalvatsiya qilinishi import qilinadigan iste’mol tovarlari narxi oshishiga sabab bo‘lishi haqida edi. “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov shu masala bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab jismoniy shaxslardan erkin ravishda xalqaro valyuta sotib olish boshlanadi

Mendan juda ko‘p so‘rashadi: valyuta bozorining liberallashtirilishi, ya’ni so‘mning dollarga nisbatan rasmiy kursi devalvatsiya qilinishi import qilinadigan iste’mol tovarlari narxi oshishiga sabab bo‘larmikan?

Javobim: yo‘q.

Gap shundaki, iste’mol tovarlarining importi anchadan beri rasmiy konvertatsiya yo‘li bilan moliyalashtirilmas edi, uning narxi parallel (“qora”) bozor kursi bo‘yicha shakllanardi.

Bundan tashqari, import qiluvchi kompaniyalar turli komissiya to‘lovlari va birja kurslari sababli valyutaga bozor kursidan ko‘proq mablag‘ to‘lashga majbur edilar. Qayd etilishi lozimki, bunda hamma ham ushbu operatsiyalarni, ularning aniq tartib va tuzilmaga ega emasligi va shaffof emasligi sababli, amalga oshira olmas edilar. Bunday savdo kompaniyalarning rahbarlari o‘z savdo operatsiyalarini amalga oshirish hamda tannarxni tushirishdan ko‘ra importni moliyalashtirish uchun valyuta manbalarini izlashga ko‘proq resurs va vaqtini sarflar edi.

Endilikda barcha tadbirkorlik subyektlariga valyutani o‘z banklari orqali bozor shartlarida xarid qilish uchun teng imkoniyat yuzaga kelgandan so‘ng, bozorda ishtirokchilar soni ko‘payadi, raqobat ham oshadi, ushbu operatsiyalar uchun samarali kurs ularni erkin xarid qilish osonlashishi, hamda shaffofligi oshishi hisobiga bir oz tushadi ham.

Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha farmonda ijtimoiy ahamiyatga molik iste’mol tovarlari narxlari barqarorligini ta’minlash masalalari alohida bandlarda ko‘rsatib o‘tilgan. Anglashimcha, bu qoidalar davlatning aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha g‘amxurligi bilan bog‘liqdir. Shuningdek, yangi sharoitda salbiy kutuvlarning oldini olish maqsadida ham ushbu qoidalar kiritilgan.

Ammo ishonchim komilki, ushbu farmon tufayli hamma uchun teng sharoitlar yaratilishi natijasida yaqin ikki-uch oyda — yarim yilda import qilinadigan iste’mol tovarlari narxlari tusha boshlaydi.

Farmonda yana bojxona to‘lovlarini uyg‘unlashtirish haqida so‘z boradi. Bu juda muhim. Chunki Markaziy bank kursi devalvatsiya qilinganda boj to‘lovlari miqdori keskin ko‘tariladi. Yaqinda, o‘ylashimcha, bunday ko‘tarilishlarning oldini olish maqsadida hukumat qarori qabul qilingan edi. Import qilinadigan qator ijtimoiy ahamiyatga molik oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, un, go‘sht, o‘simlik yog‘i, krupa singari mahsulotlar uchun bojxona va aksiz to‘lovlari pasaytirildi yoki bekor qilindi.

Zafar Hoshimov, “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i rahbari

Mavzuga doir: O‘zbekistonda valyuta bozorini erkinlashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilandi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-09-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют