» » Texasda to‘fon tufayli uyini tark etgan odam qaytib kelib mehmonxonasidan alligator topdi (foto)

Texasda to‘fon tufayli uyini tark etgan odam qaytib kelib mehmonxonasidan alligator topdi (foto)


To‘fondan qochib uyini tark etgan amerikalik Brayan Foster qaytib kelib, mehmonxonasidagi stol ostida kutilmagan mehmonni topib oldi. Bu haqda ForumDaily xabar bermoqda.

Texas shtatida avj olgan “Xarvi” to‘foni oqibatida minglab odamlar uylarini tark etgan edi Foster o‘shalardan biri edi.

To‘fon tinib, uyga qaytgach, Foster Xambl shahridagi xususiy mulki qay darajada zarar ko‘rganini tekshiruvdan o‘tkazdi. Kutilmaganda u stol ostida 3 metrlik alligator borligini payqab qoldi.

Foster politsiyachilar hamda yovvoyi tabiatni himoya qilish xizmati vakillarini yordamga chaqirdi.

Ular jonivorni tutib olib, pikapga solib olib ketdi.

9 foot #gator pulled from home in Humble. Be careful when returning to flooded homes. There may be unwanted visitors. @abc13houston pic.twitter.com/1X5ZGxz57w

— Chris Nocera (@13ProducerChris) September 1, 2017

Xabarnomada so‘ngida ta’kidlanishicha, alligator tabiiy yashash muhitiga qaytarilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-09-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют