» » Hukumat aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar ko‘radi

Hukumat aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar ko‘radi


O‘zbekiston hukumatiga aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

O‘zbekiston rahbarining topshirig‘iga binoan, 2017–2018-yillarda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ega oilalar sonini 1,5 barobarga, moddiy yordam oladigan kam ta’minlangan oilalar sonini 2 barobarga oshirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Prezident ishsiz fuqarolarni aholi joylari, mahallalarni obodonlashtirish, ariqlar, irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash, infrastrukturani yaxshilash, ko‘cha va yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilishni topshirdi.

Shavkat Mirziyoyev kam ta’minlangan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashni uy-joy sotib olish yoki ta’mirlash, yirik shoxli jonivorlar xarid qilib berish, parranda va maishiy texnika yetkazib berish yo‘llari bilan amalga oshirishni topshirdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-09-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют