» » Yaponiya Shimoliy Koreyaga yadro sinovi o‘tkazilgani munosabati bilan keskin norozilik bildirdi

Yaponiya Shimoliy Koreyaga yadro sinovi o‘tkazilgani munosabati bilan keskin norozilik bildirdi


Yaponiya Shimoliy Koreyaga oltinchi yadro sinovi o‘tkazilgani munosabati bilan keskin norozilik bildirdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

“Agar Shimoliy Koreya chindan ham yadro sinovi o‘tkazgan bo‘lsa, buni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi va biz bunga qarshi keskin norozilik bildiramiz”, — dedi Abe.

Shuningdek, hukumat rahbari vazirlik va muassasalarga zilzila oqibatlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil etishga ko‘rsatma berdi. AQSh va Xitoy bilan bu borada yaqin aloqada bo‘lib turishni topshirdi.

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kono AQSh va Janubiy Koreyani zudlik bilan BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini chaqirishga da’vat qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaponiya Shimoliy Koreya raketalarini lazer yordamida urib tushirishi ma’lum qilingandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-09-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 21) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют