» » Ramzan Qodirov Myanma hukumatini tanqid ostiga oldi

Ramzan Qodirov Myanma hukumatini tanqid ostiga oldi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasida murojaat e’lon qilib, unda Myanma hukumatini tanqid ostiga oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Myanmaning asosan musulmon roxinjalar yashaydigan Arakan shtatida oxirgi hafta davomida ko‘plab hujumlar va ommaviy qotilliklar sodir etildi. Ayni paytda 58 ming roxinja qo‘shni Bangladeshga qochib ketgani ma’lum.

Qodirovning so‘zlariga qaraganda, internetda roxinjalarga qarshi jinoyatlarni isbotlovchi ko‘plab video va fotomateriallar joylashtirilgan.

“Jurnalistlar va huquq himoyachilariga musulmonlardan tozalanayotgan Rakxayn shtatiga kirish taqiqlangan. Roxinjaga 90 foizi buddaviy bo‘lgan 50 milliondan ortiq aholisi bor mamlakatning butun harbiy mashinasi hujum uyushtirmoqda. Siyosatchilar va jahon yetakchilarining Myanmadagi voqealarga reaksiyasi zamonaviy dunyoning butkul axloqsiz ekanligini namoyish qilmoqda”, — ta’kidladi Qodirov o‘z murojaatida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-09-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют