» » JCh—2018. Krishtianu Ronaldu va nihoyat Portugaliya termasi safida gol ura olmadi

JCh—2018. Krishtianu Ronaldu va nihoyat Portugaliya termasi safida gol ura olmadi


Sakkiz turdan buyon Shveysariya terma jamoasini quvib yeta olmayotgan Yevropaning amaldagi chempioni Portugaliya, JCh—2018 saralashining Vengriyaga qarshi safar o‘yinida 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur bellashuvdagi yagona gol Andre Silva tomonidan urildi. Bunga qadar 7 uchrashuvda 14 ta gol urishga erishgan va saralash to‘purari bo‘lib turgan Krishtianu Ronaldu Vengriyaga qarshi to‘liq o‘ynagan bo‘lsa-da, gol urishga muvaffaq bo‘la olmadi.

Ronaldu Shveysariyaga qarshi kechgan 1-turda maydonga tusha olmagan va o‘sha uchrashuvda Portugaliya 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Shundan keyin 7 ta o‘yinda portugallar zafar quchdi va Krishtianu ularning har birida gol urishga erishdi.

Shveysariya esa o‘zining g‘alabali yurishini davom ettirib, peshqadamligini saqlab qoldi.

JCh—2018. Saralash
“B” guruhi. 8-tur
3-sentabr, yakshanba

Gol: Gilli Serensen, 32 (1:0).

Gol: Andre Silva, 48 (0:1).
Chetlatish: Tomash Prishkin, 30 (V).

Gollar: Xaris Seferovich, 9 (0:1). Blerim Jemayli, 55 (0:2). Rikardo Rodriges, 58-pen (0:3).
Noaniq penalti: Blerim Jemayli, 32 (Sh).

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-09-2017, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют