» » Toshkent metrosida yo‘l haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi amalga oshirilmoqda

Toshkent metrosida yo‘l haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi amalga oshirilmoqda


Toshkent metrosidan foydalanuvchilariga zamonaviy yechimlarni inobatga olgan holda qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, “Toshkent Metropoliteni” UK va “Mikroelektronika Plyus” MChJ hamkorlikda metropoliten xizmatlaridan foydalanishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

“Mikroelektronika Plyus” MChJ yo‘lovchi tashish transporti, xususan temir yo‘l tizimida avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalashtirish, yaratish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga va talay ijobiy natijalarga ega mahalliy korxonalardan biridir.

Loyiha boshlanganiga 2 yil bo‘lgan bo‘lsa, ushbu davrda dunyoning rivojlangan shaharlarining transport tizimlari o‘rganib chiqildi va mahalliy injener va dasturchilar tomonidan milliy yechim ishlab chiqildi.

Loyihaning dastlabki bosqichida “Mustaqillik maydoni” metro bekati test sinovlari tariqasida maxsus turniket va bir martalik chipta sotuvchi avtomatlar bilan jihozlandi. Sinov natijalari va aholining takliflari asosida tizim yanada takomillashtiriladi va metroning barcha bekatlari to‘liq tizimga ulanadi.

Tizim to‘liq joriy etilgandan so‘ng yo‘lkira haqini to‘lashning bir necha qulay usullari amaliyotga joriy etiladi, jumladan:

Bir martalik metro chiptasi yordamida metroga kirish. Bunday chiptalar har bir metro bekatining kirish qismida o‘rnatilgan maxsus chipta sotuvchi qurilmalar orqali naqd pul va plastik karta yordamida sotib olinadi. Chiptada QR kod (Quick Response Code — tezkor javob beruvchi kod) tasvirlangan bo‘lib, uni turniket skaneriga ko‘rsatish yetarli bo‘ladi.

Hozirgi kunda, NFC (Near Field Communication — yaqin masofadagi aloqa) kartalari yordamida obyektga kirish va to‘lovlarni amalga oshirish dunyoda ommalashib bormoqda. Metroga kirishda ham mazkur texnologiyani qo‘llovchi kartalardan foydalanish imkoni yaratilmoqda. Ushbu kartalar bir marotaba xarid qilinadi va hisobini to‘ldirish orqali doimiy foydalanish mumkin.

Yana bir innovatsion qulaylik, bu to‘lovlarni smartfon qurilmasi yordamida amalga oshirishdir. O‘zbekiston aholisining 2/3 qismidan ortig‘i mobil aloqadan foydalanuvchilar ekanligini inobatga olsak bu juda ommabop yechimdir. Buning uchun smartfon qurilmasiga maxsus dastur o‘rnatiladi hamda QR kod yoki NFC bog‘lanish orqali to‘lovlar o‘tkaziladi.

Ushbu tizimni joriy etish natijasida yaratiladigan qulayliklardan yana biri, endi metroga kirish vositasini (jeton yoki oylik yo‘l chiptasini) xarid qilish uchun maxsus ajratilgan joyga borish shart emas. NFC karta va yo‘lovchining to‘lov tizimdagi balansini barcha turdagi elektron to‘lov tizimlari yordamida to‘ldirish imkoni mavjud.

Mazkur o‘zgarishlar amalga oshirilgandan so‘ng, NFC kartalar oylik yo‘l chiptalari o‘rnini bossa, plastmassa jetonlar vazifasini esa QR kodli biletlar bajaradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют