» » 5 soniya qoidasi sizga har qanday ishni boshlashga yordam beradi

5 soniya qoidasi sizga har qanday ishni boshlashga yordam beradi


Bor-yo‘g‘i beshdan birgacha sanash orqali siz ishni boshlashingiz yoki biron narsaga qaror qilishingiz mumkin.

5 soniya qoidasi shundan iboratki, harakat qilishni boshlashdan oldin beshdan birgacha sanash kerak bo‘ladi. Shunda siz hatto xohishingiz bo‘lmagan yoki biron-bir sababsiz ham ishlarni bajara olishingiz mumkin.

Balki bu usul sizga kulgili va haqiqatdan uzoqroq bo‘lib ko‘ringandir. Lekin tajribalar buning aksini ko‘rsatmoqda.

5 soniya qoidasining samaraliligini shunday tushuntirish mumkin:

Siz sanashni qaysidir harakatni bajarishga bog‘laysiz. Birgacha sanab bo‘lganingizdan so‘ng, buni ongli ravishda marra chizig‘i deb qabul qilasiz. Agar siz “Olg‘a!” yoki “Boshladik!” deb xitob qilsangiz bu ishga kirishishingizga yanada ko‘proq yordam beradi.

Agar siz sanab bo‘lgandan keyin darhol ishga kirishaman deb o‘zingizga so‘z bersangiz, bu sizga kerakli quvvat turtkisini beradi.

Klassik misol — soat qo‘ng‘irog‘i bo‘yicha turish. Uni har 5 daqiqada takroran jiringlashga qo‘yishning o‘rniga, 5 dan birgacha sanang va o‘ylab o‘tirmasdan darrov joyingizdan turing.

Aslida, besh soniya qoidasi sizga hayotning hamma sohalarida kerak bo‘ladi. Masalan uni quyidagi hollarda qo‘llashga harakat qiling:

Yo‘lning eng qiyin qismi — bu birinchi qadam ekanligini unutmang. Keyin siz qilayotgan ishingizga moslashasiz va bu vazifalardan qo‘rqmay qo‘yasiz.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-09-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют